Fransiyada mamlakatdagi tartibsizliklarning asosiy sababi aytildi

Olam

image

Fransiyada norozilik namoyishlari va ko‘cha tartibsizliklari ommaviy migratsiya natijasida boshlandi. Bu fikrni mamlakat Tashqi razvedka bosh boshqarmasi sobiq rahbari Per Broshan “Le Figaro” nashriga bergan intervyusida bildirdi.

Uning aytishicha, asosiy muammo Fransiya hukumati yarim asr davomida ilgari surayotgan ommaviy migratsiyani oqlagan va ulug‘lagan hukmron mafkuradadir. Broshanning ta’kidlashicha, sodir bo‘lgan voqeani “fuqarolar urushi” deb bo‘lmaydi, chunki uyushgan guruhlar o‘rtasida qurolli to‘qnashuv bo‘lmagan.

Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, namoyishlarda nafaqat fransuzlar, balki xorijliklar ham qatnashgan. 

"Bir tomondan, bu tadbirlarda juda ko‘p xorijliklar ishtirok etgan bo‘lsa, boshqa tomondan, men ikki fuqarolikka ega bo‘lganlar va Fransiya vakolatxonalariga hujum qilgan fuqarolar o‘zlarini milliy hamjamiyatdan chetlatishlariga ishonaman", dedi tashqi razvedkaning sobiq rahbari.

Fransiyadagi vaziyat 

Joriy yilning 27 iyun kuni Parijga yaqin Nanter shahrida yo‘l harakati qoidalarini buzgan Nael ismli 17 yoshli jazoirlik yigitni politsiya to‘xtatgan. Biroq Nael politsiyaga bo‘ysunmagan. Politsiyachi esa unga qarata o‘q uzgan. Haydovchi ko‘kragiga o‘q tegib vafot etgan.  

Shundan so‘ng, mamlakatning turli shaharlarida tartibsizliklar boshlangan. 29 iyun kuni bir necha o‘nlab politsiya mashinalari, komissarlik va ma’muriy organlar binolari yoqib yuborilgan, ta’lim muassasalariga zarar yetkazilgan. 30 iyunga o‘tar kechasi Ichki ishlar vazirligi davom etayotgan tartibsizliklarni bostirish uchun 40 ming politsiyachini safarbar etgan. Mamlakatning ayrim shaharlarida maxsus kuchlar ko‘chalarni patrul qilishda zirhli texnika va vertolyotlardan foydalangan.

Ayrim shaharlarda soat 21:00 yoki 22:00 dan boshlab komendantlik soati, shuningdek, tungi vaqtda jamoat transportida cheklovlar joriy etilgan. Mamlakatda vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Twitterʼda marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan. Shuningdek, Makron Fransiyadagi tartibsizliklar ortidan YeIning Bryusseldagi sammitini tark etgan. 

Bundan tashqari, Fransiya Prezidenti tartibsizliklarga kompyuter o‘yinlari sabab bo‘lganini aytgandi. Fransiyadagi tartibsizliklar ortidan Belgiya va veysariyada ham namoyishlar bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya tartibsizlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made