Fransiyada ixtiyoriy harbiy xizmat joriy etiladi
Olam
−
27 noyabr 1175 1 daqiqa
Fransiyada ixtiyoriy harbiy xizmat joriy etiladi. Bu haqda bugun, 27 noyabr kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron e’lon qildi.
Avvalroq taqdim etilgan rejaga ko‘ra, ixtiyoriy xizmatga borganlar 10 oy xizmat qiladi va buning uchun haq oladi. Makronning aytishicha, ixtiyoriy xizmatga borganlarning Ukrainadagi jangovar harakatlar hududiga yuborilish xavfi yo‘q.
“Gap mutlaqo bunda emas”, deydi Fransiya Prezidenti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi yilda ixtiyoriy harbiy xizmatga 2000 dan 3000 gacha odam jalb qilinishi, vaqt o‘tishi bilan bu raqam yiliga 50 ming nafarga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun, Fransiyada 1997 yilgacha majburiy harbiy xizmat mavjud bo‘lgan. 2001 yilgacha muqobil fuqarolik xizmatini ham o‘tash mumkin edi. Keyingi yillarda Fransiya Qurolli kuchlari professional harbiylardan iborat bo‘lib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Daniya fuqarosi bo‘lgan ayollar harbiy ro‘yxatda turishi va zarurat tug‘ilganda muddatli harbiy xizmatni o‘tashi shart bo‘lgan tartib kuchga kirgandi. Yangi tartibga ko‘ra, harbiy xizmatga chaqirishda, avvalo, har ikki jins vakillari bo‘lgan ko‘ngillilarga ustuvorlik beriladi. Qolgan o‘rinlar esa maxsus “lotereya” asosida, jumladan, ayollar ishtirokida taqsimlanadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr