Fransiyada erkak Pikassoning 1 mln yevrolik asarini yutib oldi

Bu qiziq

image

Kecha, 15 aprel kuni parijlik erkak xayriya lotereyasida Pablo Pikassoning qiymati 1 million yevrodan ortiq bo‘lgan asl asarini yutib oldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Qayd etilishicha, muhandis va san’at ixlosmandi Ari Xodara Parijdagi “Christie’s” auksion uyidan bo‘lgan videoqo‘ng‘iroqqa javob berganida o‘z g‘alabasi haqida bilgan. 58 yoshli erkakka 1941 yilda chizilgan ispan rassomi ijodiga mansub asarning yangi egasiga aylanganini aytishganda, u: “Bu hazil emasligini qayerdan bilaman?” deya so‘ragan.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, jami 100 yevrodan 120 000 dan ortiq lotareya sotilgan bo‘lib, bu Alsgeymer kasalligi bo‘yicha tadqiqotlar uchun qariyb 11 million yevro yig‘ish imkonini bergan. Ushbu o‘yin 2013 yilda asos solingan “Bir Pikasso 100 yevro evaziga” xayriya lotereyasining uchinchisi bo‘lgan.

Bu yil g‘olibga Pikassoning o‘ziga xos uslubida, qog‘ozda guash bilan ishlangan “Ayol boshi” (Tête de femme) portreti nasib etgan. Unda rassomning hamrohi va ilhom parisi, fransuz syurrealist rassomi Dora Maar (Genriyetta Teodora Markovich) tasvirlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pablo Pikassoning ilhom manbai va sevgilisi bo‘lgan Dora Maarning portreti Parijda o‘tkazilgan auksionda 37 million dollarga sotilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Pablo Pikasso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing