Fransiyada chuchuk suv iste’moliga cheklov joriy qilindi

Olam

image

Fransiyada rekord darajadagi issiq kelgan may oyidan keyin yuzaga kelgan qurg‘oqchilik tufayli 24 departamentda toza suvdan foydalanish bo‘yicha maxsus tartib e’lon qilindi. Bu haqda “Le Figaro” Ekologik o‘tish vazirligiga tayanib, xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, qurg‘oqchilikdan jabr ko‘rgan departamentlarda rasmiylar basseynlarni suv bilan to‘ldirish, mashinalarni yuvish, bog‘larni sug‘orishni taqiqlash kabi cheklovi choralarni joriy qilgan.

Aprel oyining o‘rtalarida sakkizta departamentda cheklov choralar joriy etilgan. Fransiya Bosh vaziri Elizabet Bornning so‘zlariga ko‘ra, bu yil qurg‘oqchilik juda erta boshlangan.

Siyosatchining ta’kidlashicha, hukumat chorva ozuqasi bilan bog‘liq muammolarga duch keladigan chorvadorlarga yordam berish uchun 400 million yevro ajratishni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

suv

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing