Fransiyada cherkov oldida otishma yuz berdi

Olam

image

Fransiyaning Lion shahrida cherkov  yaqinida otishma yuz berdi. “Le Progrès” hodisada bir kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.

Guvohlar Lionning yettinchi okrugida joylashgan grek pravoslav cherkovi yaqinida ikki marta o‘q uzilganini eshitganini aytgan.

Otishmada pravoslav ruhoniysi jarohatlangan. U shifoxonaga yotqizilgan. Ruhoniy hujum qilgan shaxs kimligini bilmasligini aytgan. Ruhoniy Gretsiya fuqarosi. Uning ahvoli og‘ir deb baholanyapti.

Hozirda otishma boshlagan shaxs qidirilmoqda.

Ma’lumot uchun, 29 oktyabr kuni Nitssa shahridagi Notr-Dam nomli mahalliy cherkov yonida pichoq bilan qurollangan kishi odamlarga hujum qildi. Oqibatda uch kishi qurbon bo‘ldi. Ular orasida cherkov ruhoniysi ham bor. Qurol bilan tajovuz qilgan shaxs qo‘lga olingan


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya otishma

Baholaganlar

475

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing