Fransiyada 17 yashar o‘smir otib tashlanishi ortidan 150 kishi hibsga olindi

Olam

image

Fransiyada 17 yoshli o‘smirning o‘limidan so‘ng boshlangan tartibsizliklar fonida bir kechada 150 nafar kishi hibsga olindi. Bu haqda Fransiya Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen ma’lum qildi.

Keltirilishicha, mamlakatning turli shaharlarida, jumladan, Nanter, Lion, Lill, Tuluza va Viri-Shatiyonda bo‘lib o‘tgan keng ko‘lamli namoyishlar Nael ismli yosh yigitning o‘limidan keyin alangalagan.

Fransiya matbuotiga ko‘ra, namoyishchilar mashinalar, chiqindi qutilariga o‘t qo‘yib, davlat mulkiga zarar yetkazgan. Tuluza va Lill shaharlarida namoyishchilar xavfsizlik kuchlari xodimlariga tosh otgan. Ularni tarqatish uchun huquq-tartibot idoralari xodimlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatishga majbur bo‘lgan.

“Respublika ramzlariga qarshi chidab bo‘lmas tartibsizlikda 150 nafar kishi hibsga olindi”, deb yozgan Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 iyun kuni Parijga yaqin Nanter shahrida 17 yoshli yigit yo‘l harakati nazorati vaqtida politsiyaga bo‘ysunishdan bosh tortgani uchun otib o‘ldirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya tartibsizlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing