Fransiya yadro kallagini olib yuroladigan raketani sinovdan o‘tkazdi

Olam

image

Fransiya yadro kallagini olib yura oladigan raketaning ilk sinovini amalga oshirdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu X'dagi sahifasida ma’lum qildi.

“ASMPA-R raketasi yadroviy havo hujumini taqlid qilib, milliy hudud ustida o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida Rafale qiruvchi samolyotidan jangovar kallaksiz uchirildi”, deb yozadi vazir.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, uzoq vaqtdan beri rejalashtirilgan mashg‘ulotlar Rossiya Janubiy harbiy okrugda taktik yadro qurollari bilan mashg‘ulotlar boshlanganini e’lon qilgan kunning ertasiga bo‘lib o‘tgan.

"Mashg‘ulotlar yadroviy to‘xtatuvchi kuchlarning aviatsiya komponenti imkoniyatlarini namoyish etishdan iborat edi. Fransiya yaqin kelajakda harbiy byudjetining 13 foizini yadroviy kuchlarni rivojlantirishga sarflashni rejalashtirmoqda", deya tushuntirdi vazir. 

2022 yil fevral oyida Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri Rossiya bir necha bor G‘arbni yadro quroli bilan tahdid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga qo‘shin yuborishni istisno qilmasligini takrorlagandi. Rossiya qo‘shinlari esa Janubiy harbiy okrugda o‘quv mashg‘ulotlarining birinchi bosqichini strategik bo‘lmagan yadro qurollarini tayyorlash va qo‘llash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlardan boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya yadro kallagi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing