Fransiya va Italiyaga “Aleks” to‘foni yopirildi (fotoreportaj)
Olam
−
03 Oktabr 2020
8531Fransiya va Italiyaga kuchli “Aleks” to‘foni yopirilishi ortidan boshlangan to‘xtovsiz yomg‘ir va uning natijasida yuzaga kelgan suv toshqini sabab hozirgacha 24 kishi bedarak yo‘qoldi va ikki kishi halok bo‘ldi. Tabiyy ofat Fransiyaga kecha, 2 oktyabr kuni yetib borgan.
Dastlab Fransiya janubi-sharqiga yopirilib, keyinroq Italiya shimoliga ko‘chgan to‘fon ko‘priklarni vayron qilgan, yo‘llar to‘silib qolgan va ba’zi aholi punktlari tashqi olamdan uzilib qolgan. Ikki davlatni bog‘lovchi tog‘ hududidagi dovonda odamlar mashinasida qopqonda qolib ketgan.
Italiyada qutqaruv operatsiyasi vaqtida o‘t o‘chiruvchi halok bo‘lgan. Shuningdek, Verchell provinsiyasida bir erkakning jasadi topildi.
“Aleks” to‘foni Fransiya sohillariga payshanba kuni yetib borgandi. Tabiiy ofatdan eng ko‘p Bretan va Lazur sohili zarar ko‘rgan.
Milliy meteorologiya xizmati Météo France dengiz bo‘yidagi departamentlarda yog‘in miqdori kamaygan bo‘lsa-da, qator boshqaruvsiz suv xavzalarida suv miqdori xavfliligicha qolmoqda.
Meteorologiya xizmati so‘nggi 24 soatda ba’zi departamentlarga 500 mm yog‘in tushganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Italiyaning Pemont hududiga ham 500 mm yog‘in tushgan. Bu mintaqa 1958 yildan beri bunday holat kuzatilmagan.
Kuchli yomg‘ir sezilarli zarar yetkazib, elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishiga olib keldi.
Bir nechta uyni suv oqizib ketgan. Shuningdek, Sen-Marten Vezyubida esa ko‘prik vayron bo‘lgan.