Fransiya va Germaniya Ukrainada qurol zavodi qurmoqchi

Olam

image

Fransiya va Germaniya Ukraina hududida qurol ishlab chiqaruvchi zavod qurish niyatida. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukraina qo‘shinlari Rossiya Qurolli kuchlarining hujumi vaqtida o‘q-dorilar yetishmovchiligiga duch kelgani sababli Germaniya va Fransiya Ukraina ichida qurol ishlab chiqarishni boshlashini bildirgan.  Yevropa Ittifoqining ikki yirik iqtisodiyoti yetakchilarining fikricha, YeIning o‘zaro kelishmovchiliklari Kiyev uchun yetarlicha yordam to‘planishiga to‘sqinlik qiladi.

Ammo na Germaniya kansleri Olaf Shols, na Fransiya rahbari Emmanuel Makron bo‘lajak korxona haqida batafsil ma’lumot bergan. Shunga qaramasdan, nemis qurol ishlab chiqaruvchisi Rheinmetall AG fevral oyida Ukrainada artilleriya ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavod ochishini e’lon qilgan.

Bungacha Shols Ramshteyn formati doirasida Ukrainani uzoq masofaga uchuvchi qurollar bilan ta’minlash bo‘yicha koalitsiya paydo bo‘lishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha 15 mart kuni Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Polsha Bosh vaziri Donald Tusk “Veymar uchburchagi” deb nomlangan uchrashuvda uch davlat jahon bozorida Ukraina uchun ko‘proq qurol sotib olishini ma’lum qilgandi. 

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Germaniya Frantsiya qurol zavodi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing