Fransiya O‘zbekistonga yangi elchisini yubordi (video)
Jamiyat
−
29 avgust 3089 1 daqiqa
Fransiya Ualid Fukni O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinladi. U 27 avgustdan ishga kirishdi. Bu haqda Fransiya elchixonasi ma’lum qildi.
Yangi elchi Ualid Fuk tajribali diplomat bo‘lib, ikkinchi darajali davlat xizmatchisi hisoblanadi. U Parijdagi Siyosat institutida Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha ilmiy darajani qo‘lga kiritib, 2010-2014 yillarda Fransiya Tashqi ishlar vazirligining Strategik ishlar, xavfsizlik va qurolsizlanish bo‘yicha direksiyasida ishlagan.
Shuningdek, u Fransiyaning Pekindagi elchixonasida "Siyosiy maslahatchi" sifatida faoliyat yuritgan (2014-2017), so‘ngra Fransiyaning Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakolatxonasida (2017-2019) ishlagan, keyin esa Markaziy ma’muriyatga Osiyo va Okeaniya hamda Uzoq Sharq bo‘yicha direktor sifatida qaytgan (2019-2020).
2020-2025 yillarda Ualid Fuk Fransiya Respublikasi Prezidentining Osiyo, Okeaniya va Amerika bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan.
U 2025 yil 27 avgustdan e’tiboran Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga kirishdi.
Ma’lumot uchun, yangi elchi 2021 yilning oktyabridan 2025 yil avgustigacha Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib ishlagan Oreliya Bushezning o‘rnini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, 14 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya elchisi Oreliya Bushezga ikki mamlakat o‘rtasida do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun “Do‘stlik” ordenini topshirgandi.
Live
Barchasi