Fransiya tez orada Falastinni tan olishi mumkin – Makron
Olam
−
10 aprel
3366Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron iyun oyida o‘zi hamraislik qiladigan ikki davlat yechimi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida Fransiya yaqin oylarda Falastin davlatini tan olishi mumkinligini aytdi. Makron Falastin davlatini tan olish masalasini Misrga ikki kunlik tashrifidan so‘ng “France 5” telekanaliga bergan intervyusida ko‘tardi.
“Biz (Falastinni) tan olish tomon harakat qilishimiz kerak va biz bunga yaqin oylarda erisha olamiz”, dedi Makron iyun oyida Saudiya Arabistoni bilan birga mezbonlik qiladigan ikki davlat yechimiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaga ishora qilib.
Prezidentning aytishicha, konferensiya Falastinni tan olish masalasini nihoyat hal qilishni rejalashtirmoqda.
Fransiya Prezidenti 6-7 aprel kunlari Misrga rasmiy tashrifi chog‘ida Saudiya Arabistoni hamraisligida ikki davlat yechimi bo‘yicha xalqaro konferensiya tashkil etishini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning 7 oktyabr kuni Isroil G‘azoga hujumlarini boshlaganidan beri Fransiyadagi muxolifat Falastin davlatini zudlik bilan tan olish talablarini kuchaytirdi. 2024 yilda Makron Falastin davlatini tan olish Fransiya uchun “tabu” emasligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 28 may kuni Ispaniya, Irlandiya va Norvegiya Falastin davlatini rasman tan olib, dunyoning boshqa 140 davlatiga qo‘shilgandi.
LiveBarchasi