Fransiyaning sobiq Prezidenti vafot etdi

Olam

image

Fransiyaning sobiq Prezidenti Valeri Jiskar d'Esten vafot etdi. Bu haqda "Europe 1" tomonidan xabar qilingan.

Siyosatchi 94 yoshida Fransiyada vafot etgan. Sobiq davlat rahbarining o‘limiga SARS-CoV-2 koronavirusi asoratlari sabab bo‘lgan. 

Ta’kidlanishicha, u joriy yil sentyabr oyi boshida Parijdagi klinikaga o‘pka infeksiyasi tashxisi bilan yotqizilgan, ammo unga koronavirus tashxisi qo‘yilmagan. 

Noyabr oyi o‘rtalarida esa OAV uni Tur shahridagi shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar tarqatgan. 

Ma’lumot uchun, Jiskar d'Esten 1974 yildan 1981 yilgacha Fransiya Prezidenti bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Frantsiya

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing