Fransiya sobiq Prezidenti Sarkozi qamaldi

Olam

image

Bugun, 1 mart kuni Parij sudi Fransiyaning sobiq Prezidenti Nikolya Sarkozini korrupsiyada aybdor deb topdi. Bu haqda BBC nashri yozmoqda.

Xabarga ko‘ra, sobiq Prezidentga 3 yil qamoq jazosi berilgan. Nikolya Sarkozi shu muddatning 2 yilini shartli ravishda ozodlikda o‘tkazadi.

Shu tariqa Nikolya Sarkozi Fransiya tarixida haqiqiy qamoq jazosini olgan birinchi Prezidentga aylanmoqda.

Bungacha, Sarkozidan oldin mamlakatni boshqargan Jak Shirakka nisbatan ham jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, biroq sobiq Prezident kasal bo‘lgani sababli faqat shartli 2 yillik muddat olib, haqiqiy qamoq jazosidan qutilib qolgan.

Sobiq Prezident Sarkozi nima uchun qamaldi?

Dastlab tergovchilar 2007 va 2012 yillardagi Sarkozining saylov kampaniyalarini moliyalashtirish jarayonini o‘rganib chiqdi. Tergovchilar Sarkozini keragidan ortiq mablag‘ sarflagan, deb hisoblab, “L'Oreal”ning egasi milliarder Lilian Betankurdan va Liviya rahbari Muammar Qazzofiydan noqonuniy xayriya mablag‘larini olganlikda gumon qildi.

Ammo, keyinchalik Sarkoziga boshqa ayblovlar qo‘yildi – bu safar korrupsiya va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish.

Tergovchilarning fikriga ko‘ra, Sarkozi bo‘lajak Fransiya Prezidenti sifatida Betankur xayriya ishi bo‘yicha tergovga ta’sir o‘tkazishga harakat qilgan va sudya Jilber Aziberga tergov jarayoni to‘g‘risida ma’lumot olish evaziga mansabda ko‘tarilish va Monakoda “shinam joy” taklif qilgan.

Ayblov Sarkozi va uning advokati Teri Ersog o‘rtasidagi telefon suhbatlarining yozuvlari asosida amalga oshirilgan. Buning uchun advokat Teri Ersog ham sobiq Prezident bilan sud qilinmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Nikolya Sarkozi – Fransiyani 2007-2012 yillarda boshqargan mamlakatning 23-Prezidenti. Sarkozi Prezident bo‘lgancha turli xil vazirliklarda faoliyat olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Sarkozi

Baholaganlar

281

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing