Fransiya Senati Hukumatni Qorabog‘ni tan olishga chaqirdi
Olam
−
26 noyabr 2020
4524Fransiya parlamentining Senati Hukumatni Tog‘li Qorabog‘ni tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda “Le Figaro” xabar berdi.
Senatorlar shuningdek, fuqarolarga ommaviy insonparvarlik yordami ko‘rsatish va harbiy jinoyatlar bo‘yicha xalqaro tergov o‘tkazishni taklif qilgan.
Avvalroq, Fransiya Hukumati Qorabog‘dagi mojarodan aziyat chekkan armanlarga yordam ko‘rsatish dasturini amalga oshira boshlaginini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya Senati Turkiya sabab Qorabog‘ni tan olishga chaqiryapti. Ammo Senat rezolyutsiyasi majburiy xarakterga ega emas.
LiveBarchasi