Fransiya Prezidenti Vladimir Putin – Pashinyan “qovun tushirdi”

Olam

image
0:00
0:00
download

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bugun, 14 aprel kuni parlamentda Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroning avj olish tarixi haqida gapirib, Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni Fransiya Prezidenti deb fikr bildirdi.

Pashinyan 2020 yil kuzida erishilgan kelishuvlar tafsilotlari, Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish haqida gapirib shunday degan:

“1 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Fransiya Prezidenti Vladimir Putinning bayonotiga muvofiq”.

Pashinyanning bu gapi tez fursatda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 27 sentyabr kuni Armaniston va Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlarni boshlagandi. Har ikki tomon ham bir-birini tashviqotda ayblab, to‘liq yoki qisman harbiy safarbarlik e’lon qilgandi. 

O‘tgan yilning 9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar. 

Bayonotga ko‘ra, Armaniston va Ozarbayjon egallab turgan pozitsiyalarida to‘xtadi, keyin bir qator tumanlar Baku nazorati ostiga o‘tishi belgilandi. Sulhga ko‘ra, tomonlar o‘zaro asirlar, yaradorlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishni boshladi. 

Shuningdek, 1960 kishidan iborat Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘laydigan Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya qo‘shinlari Qorabog‘da besh yildan ko‘proq qolishidan umidvorligini bildirdi. Pashinyan TASS nashriga bergan intervyusida ushbu besh yillik davr nimaga asoslanib belgilangani va shu vaqt ichida nimalar qilish kerakligi haqida gapirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan

Baholaganlar

355

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing