Fransiya Netanyaxuni hibsga olmaydi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Xalqaro jinoiy sud qaroriga qaramay, Fransiya hududida hibsga olinmaydi. Bu haqda Fransiya Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

"Fransiya Rim statuti bo‘yicha o‘z majburiyatlariga rioya qiladi va XJS bilan to‘liq hamkorlik qiladi. Biroq, Fransiya qonunlariga ko‘ra, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va boshqa vazirlar daxlsizlikka ega bo‘lib, agar XJS ularni hibsga olish va ekstraditsiya qilishni so‘rasa, shular hisobga olinadi", deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, 21 noyabr kuni XJC Bosh vazir Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni “harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar”da hibsga olish uchun order berdi. Ba’zi davlatlar, xususan, Vengriya, Avstriya, Chexiya va Germaniya XJC qaroridan noroziligini bildirib, unga rioya qilmasliklari mumkinligi haqida bayonotlar berdi. AQSH ham XJS qarorini qoraladi. Kreml voizi Dmitriy Peskov esa XJS harakati biror narsaga yordam berishi dargumon ekanini aytdi.

O‘z navbatida, Buyuk Britaniya, Kanada va Niderlandiya agar Binyamin Netanyaxu mamlakat hududiga kelsa, uni Xalqaro jinoiy sud orderi bo‘yicha hibsga olishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Josep Borrel Xalqaro jinoiy sudning Netanyaxuni hibsga olishga order berish qarorini qo‘llab-quvvatlamagan davlatlarni hukmni hurmat qilishga chaqirgan va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar sud qarorini bajarishga majbur ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Bin'yamin Netan'yaxu XJS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing