Fransiya qo‘shinlari Iroqdan chiqib ketdi
Olam
−
25 mart 2020
5683AQSH boshchiligidagi xalqaro aksilterror koalitsiyasida ishtirok etgan fransuz kuchlari Iroqni tark etdi. Bu haqda bugun, 25 mart kuni Iroq axborot agentligi xabar bermoqda.
Ushbu ma’lumotni Iroq armiyasi qo‘mondoni matbuot kotibi general-leytenant Abdul Karim Xalaf ham tasdiqlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "fransuz qo‘shinlari Iroq hududini tark etdi va xalqaro koalitsiyadagi aviabazasini evakuatsiya qildi".
Ma’lumot o‘rnida, Fransiya o‘z qo‘shinlarini 2003 yilda Iroq hududiga kiritgan va AQSH boshchiligidagi aksilterror koalitsiyasida ishtirok etayotgan edi.
LiveBarchasi