Fransiya IIV Benzemani terrorchiga chiqardi
Sport
−
18 Oktabr 2023
18452Fransiya Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen “Oltin to‘p” egasi Karim Benzemaning terror tashkiloti bilan aloqasi borligini aytdi.
“Janob Karim Benzemaning “Musulmon birodarlar” tashkiloti bilan aloqalari bor”, deydi Darmanen.
Yaqinda Instagram'dagi postida Karim Benzema G‘azo sektoridagi barcha portlashlarni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlab, bolalar va ayollarni har qanday zarardan himoya qilishni talab qilgandi.
“Bizning barcha duolarimiz ayollar va bolalarni kechirmaydigan, adolatsiz portlashlar qurboni bo‘lgan barcha G‘azo aholisi uchun”, deb yozgan edi Benzema.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azodagi shifoxonaga bomba tashlangani xabar qilingandi. Falastin rahbariyati G‘azo sektorida yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan shifoxonaga uyushtirilgan hujum yuzasidan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr