Fransiya Falastinni tan olishga qat’iy bel bog‘lagan – TIV rahbari
Olam
−
07 iyun
3396Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro o‘z mamlakati Falastin davlatini tan olishga qat’iy tayyorligini bildirdi. Bu haqda u RTL telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Yaqin kunlarda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan konferensiya munosabati bilan biz bir qator davlatlar va barcha manfaatdor tomonlarni, xususan Falastin milliy ma’muriyatini, mintaqaning arab mamlakatlarini Falastin davlatining tashkil topishi va mavjudligiga to‘sqinlik qilayotgan barcha g‘ovlarni bartaraf etishga undashga qat’iy bel bog‘laganmiz”, degan TIV rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘lda HAMAS harakatining qurollarni tashlashi mutlaq zarurat bo‘lib qolmoqda.
“Aks holda, G‘azo va Falastin uchun barqaror va tinch kelajak mumkin bo‘lmaydi”, deya ta’kidlagan u.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 17–20 iyun kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida Isroil-Falastin mojarosini hal etish bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Unda “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida nizoni tartibga solish masalasi ko‘rib chiqiladi. Tadbir Fransiya va Saudiya Arabistoni ishtirokida tashkil etilgan bo‘lib, unda Falastin davlatini tan olishning yangi formati, shu bilan birga, Isroil xavfsizligini kafolatlash choralari muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya rahbari Falastinni tan olish kerakligini bir necha bor aytgan. Ilk bor u iyun oyida o‘zi hamraislik qiladigan ikki davlat yechimi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida Fransiya Falastin davlatini tan olishi mumkinligini aytgandi. Prezidentning aytishicha, konferensiya Falastinni tan olish masalasini nihoyat hal qilishni rejalashtirmoqda. Keyinchalik “Israel hayom” nashri ham Saudiya Arabistoni va Fransiya joriy yilning iyun oyida Isroil ishtirokisiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida Nyu-Yorkda Falastin davlatini tan olish bo‘yicha xalqaro anjuman o‘tkazishi haqida maqola e’lon qildi. Nashrning yozishicha, ushbu anjumanda Falastin davlatini tan olish bo‘yicha aniq muddatlar va ijro mexanizmlarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli yo‘l xaritasi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Fransiya va Saudiya vakillari boshchiligida bo‘lib o‘tadigan anjumanda munozaralar va rasmiy sessiyalar o‘tkaziladi hamda Falastin davlatini barpo etish uchun amalga oshiriladigan doiraviy reja ishlab chiqiladi. Ushbu tashabbus Isroilning bu boradagi pozitsiyasini butunlay chetlab o‘tadi. Qolaversa, 19 may kuni kechqurun Yelisey saroyi matbuot xizmati uch davlat rahbarlarining qo‘shma bayonotida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron hamda Buyuk Britaniya va Kanada Bosh vazirlari Kir Starmer va Mark Karni Isroilning G‘azoda jangovar harakatlarni qayta boshlaganiga keskin qarshi chiqdi hamda Isroil hukumatini “o‘zining jirkanch bayonotlari” uchun tanqid qilgandi. Netanyaxu, o‘z navbatida, ba’zi G‘arb davlatlari rahbarlarining bunday bayonotlari o‘rinsiz, degan fikrni bildirdi.
LiveBarchasi
Dollar kursi yana oshdi.
15 iyul
Moskva yana suv ostida qoldi.
15 iyul