Fransiya energetika sohasi bo‘yicha BAA bilan katta hamkorlikka qo‘l urdi

Olam

image

Fransiya va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida Energetika sohasida hamkorlik bo‘yicha strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim izolandi. 

Shartnomani fransuz tomonidan Iqtisodiyot, moliya,  sanoat va raqamli suverenitet vaziri Bryuno Le Mer va Fransiyaning energetikaga o‘tish vaziri Anes Pane-Ryunashe, arab monarxiyasi tomonidan –  Sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri Sulton bin Ahmad al-Jobir imzoladilar. 

“Mazkur hamkorlikdan maqsad Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa mamlakatlarda vodorod, qayta tiklanadigan energiya va atom energetikasi sohasida qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni aniqlashdan iborat. Shartnomada yashil loyihalarni moliyalashtirish uchun ikki tomonlama fond yaratish imkoniyati ham qayd etilgan”, deyiladi matbuot xabarnomasida. 

Ta’kidlanishicha, Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning tashrifi davomida tijorat shartnomalari ham imzolanishi kerak. Xususan, bu Fransiyaning TotalEnergies neft-gaz kompaniyasi va Abu-Dabi milliy neft kompaniyasi ADNOC o‘rtasida energiya ta’minoti sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv va Fransiyaning Technip Energies kompaniyasi bilan NPCC neft qurilish kompaniyasi o‘rtasida BAA va uchinchi mamlakatlarda energiyaga o‘tish loyihalarini ishlab chiqish uchun NT Energies qo‘shma korxonasini yaratish haqidagi kelishuv. 

Agence France-Presse Yelisey saroyiga tayanib xabar qilishicha, tashrif chog‘ida BAA “Fransiyaga yetkazib beriladigan uglevodorodlar (faqat dizel yoqilg‘isi) hajmlari bo‘yicha kafolatlar berishi kerak”.  

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 iyun kuni YeI Kengashi Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini, jumladan, Rossiyadan dengiz orqali neft mahsulotlarini yetkazib berishga qoldirilgan embargoni qabul qildi. Oltinchi paket bo‘yicha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi muhokama deyarli bir oy davom etdi.

Kecha, 18 iyul kuni Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Ozarbayjonga borib, Prezident Ilhom Aliyev bilan uchrashdi va Energetika sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladi. Unga ko‘ra, Ozarbayjondan Yevropa Ittifoqiga gaz yetkazib berishni ikki barobarga oshiriladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing