Fransiya Durovni kimningdir maslahati bilan hibsga oldi – Lavrov
Olam
−
27 avgust
6390Fransiya Telegram asoschisi Pavel Durovni kimningdir maslahati bilan hisbga oldi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov yamanlik mavqedoshi Shayya Mohsin al-Zindoniy bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
Lavrovning aytishicha, rasmiy Parij buni maxfiy shifrlash kodlariga kirishni istagani uchun qilmoqda.
“Ushbu platformadan foydalanishga kelsak, Telegram juda qulay va u haqiqatan har xil tahdidlardan juda yaxshi himoyalangan. Shuning uchun ham Durov kimningdir maslahati bilan olib ketilgan va unga dahshatli jazo bilan tahdid qilingan, deb o‘ylayman. Ular Durovni hibsda ushlab turish orqali qandaydir tarzda shifrlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqchi”, degan Lavrov.
Durov hibsga olinishi bilan Telegram AQSHning eng yaxshi mobil ilovalari (o‘yinlar bundan mustasno) reytingida 18-o‘rindan 8-o‘ringa ko‘tarildi. Bu AQSHda kamida 2023 yil 1 yanvardan beri eng yuqori reyting. Telegram AQSHda foydalaniluvchi ijtimoiy tarmoqlar reytingida 2-o‘rinni egalladi. Fransiyada esa Telegram AppStore do‘konida “Ijtimoiy tarmoqlar” yo‘nalishida birinchi o‘ringa ko‘tarildi va barcha turdagi ilovalar orasida uchinchi eng ommabop ilova bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Pavel Durovga terrorizm, giyohvandlik, jinoiy sherikchilik, firibgarlik, pul yuvish, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, telegramdagi pedofiliyaga asoslangan kontent singari bir qator ayblovlar qo‘yilgani, bu ayblovlar bilan Durov Fransiyada 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligi xabar qilingandi. Parij prokuraturasiga ko‘ra, Fransiya huquq-tartibot idoralari Telegram asoschisi Pavel Durovni ko‘plab kiberjinoyatlarda gumon qilinib, ismi oshkor etilmagan shaxsga qarshi tergov doirasida so‘roq qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligi Pavel Durovga fuqarosi sifatida barcha zarur konsullik xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini berish kerakligini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi