Fransiya Bosh vaziri iste’foga chiqdi
Olam
−
03 iyul 2020
4971Fransiya Bosh vaziri Eduar Filipp iste’foga chiqdi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, uning o‘zi iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza bergan va Prezident Emmanuel Makron uni qabul qilgan. Har ikkisi ham Fransiya "Prezidentlik davrining yangi bosqichini amalga oshirish uchun" yangi hukumat tuzishi kerak, degan yakdil fikrga kelgan.
Filipp yangi hukumat tayinlangunga qadar o‘z vazifasini bajarishda davom etadi. Shu bilan birga, yaqin soatlarda mamlakatning navbatdagi bosh vazirining nomi e’lon qilinadi.
“Reuters” xabariga ko‘ra, iste’foga chiqish haqida mishmishlar iyun oyidan beri mavjud: o‘shanda Makron va Filipp o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lgani aytiladi.
Filipp 2017 yildan beri hukumat rahbari sifatida ishlab kelmoqda. Bungacha, 2010 yildan beri u gavr shahri meri bo‘lib ishlagan.
LiveBarchasi