Fransiya Apple`ga 1,1 mlrd yevro jarima soldi
Texnologiya
−
16 mart 2020
6585Amerikaning Apple kompaniyasi Fransiyada yirik miqdorda jarimaga tortildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Fransiyaning raqobat bo‘yicha idorasi (Autorité de la concurrence, ADLC) Apple kompaniyasini raqobat qoidalarini buzgani uchun 1,1 lrd yevro jarimaga tortdi.
“Raqobat bo‘yicha boshqarma Apple`ni o‘z distribyutorlari o‘rtasida narx borasida noxolis siyosati va sotuvchilarning iqtisodiy erkinligini buzgani uchun 1,1 mlrd yevro jarimaga tortildi”, deyiladi idora xabarida.
Avvalroq, Apple kompaniyasi atayin smartfonlarining ishlashini sekinlashtirishda ayblangandi.
LiveBarchasi