Fransiyada 457 yil qurilgan yirik ibodatxona yonyapti (video)
Olam
−
18 iyul 2020
13296Fransiya g‘arbidagi Nant shahrida avliyo Pyotr va Pavel kafedral soborida yong‘in yuz berdi. Hodisa joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib borgan. Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in soat 7:30 atrofida boshlangan. Yong‘in sabablari haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q.
Atlantik Luara o‘t o‘chirish departamenti Twitter`dagi sahifasida ayni vaqtda o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf qilayotganini ma’lum qildi. Odamlardan hodisa joyiga yaqinlashmaslik so‘ralyapti.
“France Bleu” radiostansiyasi sobordagi yong‘inni 60 nafar o‘t o‘chiruvchi va oltita maxsus mashina ishlayotganini haqida xabar berdi. Atrof qurshab olingan.
Avliyo Pyotr va Pavel kafedral sobori qurilishi XV asrda boshlangan va 457 yil davomida qurilgan. Fransiyadagi eng yirik gotika uslubida qurilgan cherkovlardan biri. Balandligi bo‘yicha Parijdagi Bibi Maryam yoki boshqa nomi Notr-Dam de Pari ibodatxonasidan 6 metrga pastroq.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya ramzi Notr-Dam de Pari ibodatxonasi 2019 yilning 15 aprel kuni yonib ketgandi.
LiveBarchasi