Fransiya hukumati Parij Olimpiadasi vaqtida terakt xavfi borligini tan oldi
Olam
−
04 dekabr 2023
3393Fransiya hukumati teraktlar tahdidi tufayli 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlari ochilishining zaxira rejasini tuzmoqchi emas. Bu haqda Fransiya Sport vaziri Ameli Udea-Kastera “France Inter” radiostansiyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“O‘yinlarning ochilish marosimi uchun bizda “B rejasi” yo‘q, bizda faqat “A” rejasi bor, unda bir nechta ilovalar mavjud”, deydi Udea-Kastera.
Uning aniqlik kiritishicha, gap marosimning badiiy dasturining mazmuni va turli muddatlari haqida ketmoqda.
Shu bilan birga, Sport vazirligi rahbari terrorchilik hujumlari xavfi mavjudligini tan olgan va rasmiylar Olimpiya o‘yinlari ob’ektlari hududida bir nechta xavfsizlik perimetrlarini yaratishni nazarda tutmoqda.
Poytaxtning Il-de-Frans hududi rahbarining xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Frederik Pechenard, avvalroq, Fransiyada teraktlar “davom etsa” ehtimoliy “B rejasi” haqida o‘ylash kerakligini aytgan.
Rasmiy joriy yilning 2 dekabr kuni Parijning XV okrugida kelib chiqishi eronlik 26 yoshli fransuz Arman Radjabpur-Miyandoab tomonidan sodir etilgan hujumdan so‘ng o‘z xavotirlarini bildirdi. Uning qurboni germaniyalik sayyoh bo‘lib, pichoq jarohatidan vafot etgan. Bundan tashqari, hujumchi ko‘chadan o‘tib ketayotgan yana ikki kishiga bolg‘a bilan hujum qilgan.
Parij Olimpiadasi 2024 yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi.