Fransiya ham yahudiy ko‘chmanchilariga sanksiya kiritdi
Olam
−
13 fevral
9025Fransiya hukumati falastinlik tinch aholiga hujumlarda ishtirok etgan 28 yahudiy ko‘chmanchilariga respublika hududiga kirishini taqiqladi. Bu haqda Fransiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
"Fransiya G‘arbiy Sohilda falastinlik tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlik harakatlarida ishtirok etgan ekstremist isroillik ko‘chmanchilarga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Ushbu qarorga muvofiq, 28 nafar isroillikning Fransiya hududiga kirishi taqiqlandi", deyiladi hujjatda.
Fransiya TIV ko‘chmanchilarning falastinliklarga qarshi davom etayogan hujumlari bilan bog‘liq holda Yevropa Ittifoqi darajasida ham xuddi shunday choralar ko‘rishga chaqirdi.
"Fransiya bu zo‘ravon ko‘chmanchilarga qarshi Yevropa darajasida sanksiyalar qo‘llash tarafdori. Biz yevropalik hamkorlarimiz bilan bu yo‘nalishda ishlamoqdamiz", deyiladi unda.
Ta’kidlanishicha, Isroil rasmiylari bunga chek qo‘yishi va aybdorlarni jazolashi shart.
Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida AQSH Prezidenti Jo Bayden ham ekstremist yahudiy ko‘chmanchilarga qarshi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi farmonini imzolagandi.