Fransiya ham Ozarbayjon diplomatlariga “eshikni ko‘rsatdi” 

Olam

image

Ozarbayjonning Parijdagi elchixonasining ikki xodimi Bakuning fransuz diplomatlariga nisbatan harakatlariga javoban persona non grata deb e’lon qilindi. Bu haqda Fransiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilgan.

“Rasmiy Parij Baku Fransiyaning Ozarbayjondagi elchixonasi diplomatik xodimlarining ikki xodimini persona-non-grata deb e’lon qilish qarorini inobatga oldi. Biz Ozarbayjonning da’volarini qat’iyan rad etamiz. Bunga javoban rasmiy Parij Ozarbayjonning Fransiyadagi elchixonasining ikki xodimini persona non grata deb e’lon qildi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlash joizki, joriy yilning 26 dekabr kuni Fransiyaning Ozarbayjondagi elchisi Ann Buayon Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan edi.

Unda Fransiya elchixonasining ikki xodimi diplomatik maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan va 1961 yildagi “Diplomatik munosabatlar to‘g‘risida”gi Vena konvensiyasiga zid bo‘lgan faoliyati uchun jiddiy norozilik bildirilgan va ular Ozarbayjon hukumati tomonidan persona-non-grata deb e’lon qilingandi.

Ushbu shaxslardan 48 soat ichida Ozarbayjon hududini tark etishlari so‘ralgan va Tashqi ishlar vazirligining tegishli norozilik notasi Fransiya elchisiga taqdim etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Ozarbayjon elchilari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing