Fransiyaning taniqli futbolchisi mundialni o‘tkazib yuboradi

Sport

image

Fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba jarohati sababli Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. Ushbu ma’lumotni hujumchining agenti  Rafaela Pimenta ham tasdiqlagan. 

Ma’lum bo‘lishicha, Pogba mavsum boshida tizzasidagi jarrohlik amaliyotidan tuzalib ketgan bo‘lsada,  uning eski jarohati yana qo‘zg‘ab qolgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati 20 noyabrda start olib 18 dekabrga qadar davom etadi. Chempionatning "D" guruhida Fransiya  Daniya , Avstraliya va Tunis bilan o‘ynaydi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

futbol

Baholaganlar

15

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing