Franchesko Totti: “A Seriya to‘xtatiladi”

Sport

image

Yevropada Italiya koronavirus pandemiyasi o‘chog‘iga aylandi va aynan mana shu davlat orqali ko‘plab mamlakatlarga ushbu xavfli infeksiya shiddat bilan kirib bordi. COVID-19 xavfi keskin ortgani va juda ham ko‘plab insonlar virusni yuqtirib olgani bois Italiya rasmiylari A Seriya futbol uchrashuvlarini noma’lum muddatga to‘xtatdi. Italiya terma jamoasining sobiq a’zosi, afsonaviy futbolchi Franchesko Totti ushbu holat yuzasidan izoh berdi.

“O‘ylaymanki koronavirus sabab noma’lum muddatga to‘xtatilgan Italiya A seriyasi davom ettirilmaydi. Agarda mavsumni yakunlash uchun milliy chempionat davom ettirilsa haqiqiy tartibsizlik bo‘ladi. Hammasi joyiga tushishi uchun vaqt kerak”, deya fikr bildirdi afsonaviy futbolchi Franchesko Totti.

Ma’lumot o‘rnida, Franchesko Totti professional faoliyati davomida Rimning “Roma” jamoasi safida 619 uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 250 marotaba ishg‘ol qilgan. Italiyada muxlislar Tottiga “Imperator” laqabini qo‘yishgan. 

Eslatib o‘tamiz, ayni damda koronavirus yuqtirib olgan insonlar soni 786 905 nafarni tashkil etyapti. 37 840 odam ushbu kasallik qurboni bo‘ldi. 165 892 nafardan ziyod insonlar koronavirusdan butkul sog‘ayib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

A Seriya COVID-19 Franchesko Totti

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing