“France Football” barcha davrlarning eng yaxshi ramziy jamoasini tuzdi

Sport

image

Fransiyaning haftalik “France Football” nashri tarkibiga barcha zamonlarning eng yaxshi 11 nafar futbolchisi kirgan ramziy jamoa tuzdi. Nashr jamoani 3-4-3 sxemasi bo‘yicha birlashtirgan.

“Orzular jamoasi”da darvozabon pozitsiyasini Sovet futbolchisi, SSSR terma jamoasidagi futbol bo‘yicha Yevropa chempioni, Moskvaning “Dinamo” klubi futbolchisi va tarixda “Oltin to‘p” olgan yagona darvozabon Lev Yashin egalladi. 

“Orzular jamoasi” tarkibidan, shuningdek, quyidagilar joy olgan: 

chap qanot himoyachisi Paolo Maldini (“Milan” va Italiya terma jamoasi); 

markaziy himoyachi Frans Bekkenbauer (“Bavariya” va Germaniya terma jamoasi); 

o‘ng qanot himoyachisi Kafu (“Roma”, “Milan” va Braziliya terma jamoasi);

hujumkor markaziy yarim himoyachilar Diyego Maradona (“Napoli”, “Boka Xuniors” va Argentina terma jamoasi) va Pele (“Santos” va Braziliya terma jamoasi); 

mudofaa markaziy yarim himoyachilari Xavi (“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi) va Lotar Matteus (“Bavariya” va Germaniya terma jamoasi); 

chap qanot hujumchisi Krishtianu Ronaldu (“Real”, “Yuventus” va Portugaliya terma jamoasi); 

markaziy hujumchi Ronaldo (“Inter”, “Real” va Braziliya terma jamoasi); 

o‘ng qanot hujumchisi Lionel Messi (“Barselona” va Argentina terma jamoasi).

“Orzular jamoasi” tarkibiga kiritilgan sportchilar nomlari “Oltin to‘p” uchun ovoz berish jarayonida qatnashgan butun dunyoning 140 nafar sport jurnalistlaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan tanlangan. 

Ma’lumot uchun, Fransiyaning haftalik “France Football” nashri har yili dunyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan eng muhim futbol mukofotlaridan biri bo‘lgan “Oltin to‘p” ta’sischisi hisoblanadi. 2020 yilda esa “France Football” “Oltin to‘p”ni topshirmaslikka qaror qildi. 1956 yildan beri birinchi marta mukofot bekor qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

France Football

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing