“Oltin to‘p” g‘oliblari ma’lum bo‘ldi
Sport
−
23 Sentabr 10671 2 daqiqa
Kecha, 22 sentyabr kuni Fransiyaning Parij shahrida “France Football” nashrining 2025 yilgi “Oltin to‘p” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Théâtre du Châtelet” sahnasida erkaklar o‘rtasida bosh sovrinni “Pari Sen-Jermen” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele qo‘lga kiritdi.
“Oltin to‘p” uchun kurashda Dembele bilan bir qatorda Kilian Mbappe, Jud Bellingem, Erling Holand, Lamin Yamal kabi futbolchilar ham asosiy nomzodlar sifatida ko‘rilgan edi. Yakunda xalqaro hay’at Dembelening o‘tgan mavsumdagi o‘yinlari, muhim gollari va jamoaviy yutuqlarini inobatga olib, uni eng munosib deb topdi.
Marosimda boshqa sovrinlar ham topshirildi. Eng yaxshi yosh futbolchi mukofotiga “Barselona” hujumchisi Lamin Yamal sazovor bo‘ldi. Eng yaxshi darvozabon sovrini “Manchester Siti” posboni Janluiji Donnarummaga nasib etdi. Ayollar futbolida esa Ispaniya terma jamoasi vakili Aytana Bonmati “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi.
“Oltin to‘p” mukofoti “France Football” jurnali tomonidan o‘tkaziladigan ovoz berish jarayoni asosida aniqlanadi. G‘oliblar 2024 yil 1 avgustdan 2025 yil 31 iyulgacha bo‘lgan mavsumdagi natijalar asosida baholandi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi bu yilgi marosimga ham tashrif buyurmasligi haqida xabar qilingandi. Madridliklar ketma-ket ikki mavsum marosimni boykot qilmoqda.