Mashhur siyosatchilar ham hazil qiladi (fotoreportaj)

Bu qiziq

image_2021-04-03_17-48-27

Ba’zida siyosiy maydonda ketayotgan kurash davlat rahbarlari va Prezidentlarni ko‘z oldimizda juda jiddiy qilib ko‘rsatadi. Aslida, ular ko‘ringaniga nisbatan hazilkash bo‘lishi ham mumkin. 

Misol tariqasida yaqinda AQSH Prezidenti Jo Baydenning Putin manziliga aytgan xavotirli so‘zlarini olish mumkin. Baydenning ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada sovuqlashtirib yuborishi mumkin bo‘lgan agressiyani targ‘ib qiluvchi gaplari Putin tomonidan o‘ta bosiqlik bilan qabul qilindi. Javob ham hazil aralash bo‘ldi: Rossiya Prezidenti Amerika rahbariga sog‘liq tiladi.

Ko‘rinib turubdiki, o‘z davlat manfaatlarini jahon arenasida himoya qilishga intilgan siyosatchilar vaqti kelsa, shablonga solingan rejimdan chiqib, hazilomuz harakat va suhbatlarga moyil bo‘ladi. Quyida shunday holatlarni aks ettiruvchi vaziyatlar haqida so‘z boradi.

2012 yil Vashington. AQSHning 44-Prezidenti Barak Obama Oq uy muxbirlari uyushmasida tug‘ilgan joyi haqida latifani aytib, ko‘z qismoqda.

2020 yil Istanbul. Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tomonidan sovg‘a qilingan oynaga qarab, hazilomuz harakatlar qilmoqda.

2020 yil Michigan. AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Michigan shtatidagi miting paytida qanday qilib muzlab qolgani haqida hazil qilgan.

2017 yil London. Kembrij gersoginyasi Ketrin va shahzoda Vilyam xayriya tadbiri – sport musobaqasida.

2016 yil Lima. Peru Prezidenti Pedro Pablo Kuchinski harbiy paradda hazillashmoqda.

2018 yil Vashington. AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp va Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron Oq uyda bir-birini qo‘lini ushlab yuribdi.

2015 yil Riga. Gretsiyaning davlat va siyosat arbobi (chapda) va Lyuksemburg davlat va siyosat arbobi Jan-Klod Yunker (o‘ngda) Yevropa Ittifoqining Sharqiy sheriklik sammitida hazilashmoqda.

1996 yil Vashington. AQSHning sobiq Prezidenti Bill Klinton komik El Frankenning hazilidan keyin kulgi ko‘z yoshlarini artyatpi.

2019 yil Zagreb. Yevropa Kengashining ikkinchi raisi Donald Tusk (o‘ngdan birinchi – tahr.) Germaniya Kansleri Angela Merkel (chapdan birinchi – tahr.), Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen (Merkelning yonidagi – tahr.) va Xorvatiya Prezidenti Kolinda Grabar Kitarovich (Tuskning yonidagi – tahr.) bilan Yevropa Xalq Partiyasining (YeXP) anjumani paytida kulmoqda.

2019 yil Kiyev. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy qon analizini topshirmoqda.

2017 yil Vetnam. Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo (chapda) Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abe bilan fotosessiya paytida kulmoqda.

2019 yil Oq uy. AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Jahon chempioni sharafiga o‘tkazilgan Oq uydagi tadbirda “Washington Nationals” beysbol klubi o‘yinchisi Kurt Suzikini hazillashib quchoqladi.

2014 yil Bryussel. Yevropa Markaziy bankining vitse-prezidenti Luis de Gindos va Lyuksemburgning sobiq Bosh vaziri – Yevropa komissiyasining raisi Jan-Klod Yunker Bryusseldagi Yevropa Ittifoqining shtab-kvartirasida Yevrozona yig‘ilishidan oldin hazil qilyapti.


2017 yil Manila. Rossiyaning sobiq Bosh vaziri Dmitriy Medvedov Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) sammiti ochilishida an’anaviy qo‘l berish odatini buzib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Fotoreportaj

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing