Fotoreportaj: Moskva qor ostida qoldi

Olam

image

Rossiyaning Moskva shahri va viloyatini rekord darajada qor qoplab oldi. Mahalliy aholi anchadan beri poytaxt ko‘chalarida bunday miqdordagi qorni ko‘rmagan. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ob-havoning bu darajada yomonlashishiga “Volker” sikloni sabab bo‘lgan. Aynan ushbu siklon Markaziy Rossiyaga 20 metr/sekund tezlik bilan esgan shamol aralash qorni olib kelgan. 

Sinoptiklarning fikriga ko‘ra, 13 fevral kuni kunduzi Moskvada oylik yog‘ingarchilik miqdorining 65 foizidan ko‘proqni tashkil etgan. Qorning shiddati esa faqat yakshanba oqshomiga borib to‘xtaydi. 

Yig‘ilgan qor va qattiq sovuq Moskva ko‘chalarida o‘nlab yo‘l transport hodisalari hamda uzundan-uzun tirbantliklarga sabab bo‘lgan.

Odamlar o‘z vaqtida uylariga yetib borishi uchun rasmiylar qo‘shimcha jamoat transportlarini ishga tushirgan. Shuningdek, shahar yo‘llaridagi vaziyatni yaxshilash uchun aholini shaxsiy avtomobillardan voz kechish hamda avtobus va poyezd kabi jamoat transportidan foydalanishga chaqirgan.

Ayni paytda, Moskva metrosi va halqa yo‘li normal rejimda ishlamoqda.

Ba’zi bir yer usti transport yo‘nalishlarida ob-havo sharoiti tufayli uzilishlar yuzaga kelmoqda.

 

 

“Bunday vaziyatda ayniqsa, og‘ir yuk avtomobillari qiynaladi. Ular yo‘lning tepa qismlariga chiqa olmay, pastga qarab sirpanadi yoki bir joyda turib qoladi. Oqibatda ularning ortidan uzun “dum” hosil bo‘ladi”, deyiladi Rossiya Transport departamenti bayonotida.

Xabarlarga ko‘ra, 13 fevral kuni qo‘shimcha ravishda 12 ming kishi qor yog‘ishi oqibatlarini bartaraf etish uchun ko‘chaga chiqqan.

Favqulotda vaziyatlar bo‘yicha kommisiya aholini uyda qolishga hamda qattiq sovuq va qor yog‘ishidan ogoh bo‘lishga chaqirgan.

Qor yog‘ishi oqibatida Moskva aeroportlarida parvozlar jadvali ham o‘zgardi. 13 fevral kuni Moskvadan uchishi kerak bo‘lgan 37 ta reys kechiktirilgan, yana uchtasi bekor qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva qor Fotoreportaj

Baholaganlar

556

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing