Fotoreportaj: Xorvatiyada 6,2 balli zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

Xorvatiyada 6,2 balli zilzila sodir bo‘ldi. Oqibatda kamida yetti kishi halok bo‘lgan. Vayronalar ostidan tirik qolganlarni qidirish davom etmoqda. Zilzilaning epitsentri mamlakatning markaziy qismida joylashgan Petrinya shahri hududida bo‘lgan. Zilzila oqibatida Sisak shahrida bir muddat suv va elektr quvvati butunlay uzilib qolgan. AQSH Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bu Xorvatiyada zamonaviy zilzilalarni o‘lchash usullari paydo bo‘lganidan beri sodir bo‘lgan eng kuchli zilzila hisoblanadi.

Фото:Antonio Bronic / Reuters

Petrinya zilzilasidan keyin odamlar vayronalarni tozalashmoqda.

Фото:Antonio Bronic / Reuters

Zilzila oqibatida vayron bo‘lgan bino oldida askarlar va qutqaruvchilar.

Фото:Antonio Bronic / Reuters

Фото:Antonio Bronic / Reuters

Фото:Antonio Bronic / Reuters

Harbiy xizmatchilar zambilda yotgan bemorni Zagrebga evakuatsiya qilish uchun vertolyotga yuklashmoqda.

Фото:Antonio Bronic / Reuters

Petrinyadagi zilziladan keyin bemor vertolyotda Zagrebga evakuatsiya qilish uchun tez yordam mashinasidan olib chiqilmoqda.

Фото:Antonio Bronic / Reuters

Uysizlar zilziladan keyin harbiy bazada uxlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 26 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:28 da Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezilgan edi. Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi zilzila kuchini Farg‘ona viloyatida 6 ballni tashkil etgani haqida xabar bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Zilzila Xorvatiya

Baholaganlar

119

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing