Fotoreportaj: Chexiyada kuchli tornado sodir bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 24 iyun kuni tunda Chexiya janubi-sharqiy hududida kuchli tornado sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan va 200 dan ortiq kishi jarohat olgan. Bu haqda Janubiy Moraviya viloyati tez yordam xizmati vakili Mixaela Botxova ma’lum qildi.

Butun tun davomida voqea joyida nafaqat chexiyalik shifokorlar va o‘t o‘chiruvchilar, balki ularning Avstriya va Slovakiyadagi hamkasblari ham ter to‘kkan. Vena qo‘shnilariga yordam berish uchun ikkita tibbiy vertolyot va shifokorlar bilan birga 20 ta tez yordam mashinasi, Bratislava esa 5 ta mashina yuborgan.

QALAMPIR.UZ hodisa oqibatlari bo‘yicha fotoreportaj taqdim etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya

Baholaganlar

79

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing