Toshkentda 23 yoshli yigit YTH qurboni bo‘ldi
Jamiyat
−
06 Oktabr 2019
13323Bugun, 6 oktyabr kuni Toshkentning Olmazor tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 23 yoshli yigit halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, YTH soat 1:40 da Farobiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Nexia-3 avtomobilini ishonchnoma bilan boshqaruvchi 23 yoshli Mirayub M. ko‘chani yorituvchi metall ustun bilan to‘qnashgan.
YTH natijasida haydovchiga og‘ir tan shikastlari yetgan bo‘lib, u voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. YTHning taxminiy sababi: haydovchi tezlikni sezilarli darajada oshirib, boshqaruvni yo‘qotgan.
LiveBarchasi