Koronavirusga jiddiy qaramayotgan Prezident impichmentini mamlakat aholisining deyarli yarmi ma’qulladi

Olam

image
Koronavirus xavfiga ishonmaydigan Prezident mamlakatda karantin choralarni bekor qilmoqchi north_east

Koronavirus xavfiga ishonmaydigan Prezident mamlakatda karantin choralarni bekor qilmoqchi

Braziliya Federativ Respublikasi Prezidenti Jair Bolsonaruga qarshi mumkin bo‘lgan impichment jarayoni haqida braziliyaliklarning fikrlari deyarli teng bo‘lindi. Kecha, 28 aprel kuni Datafolha sotsiologik markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shundan dalolat beradi.

So‘rovnomaga ko‘ra, mamlakat aholisining 45 foizi Milliy Kongress — Respublika parlamenti Bolsonaruni impichment qilish tashabbusini ko‘rib chiqishni boshlashini yoqlaydi. Yana 48% braziliyaliklar qarama-qarshi fikrda, Respondentlarning 6 foizi javob berishga ikkilangan.

So‘rovnoma mobil telefon orqali o‘tkazildi. Unda 1503 braziliyalik ishtirok etdi. So‘rovnomaning xatolik darajasi 3% ni tashkil qiladi. Shunday qilib, impichment raqiblarining uning tarafdorlariga nisbatan ustunligi statistik xatolardan katta emas.

Shu bilan birga, xuddi shu so‘rov natijalariga ko‘ra, braziliyaliklarning 46 foizi Bolsonaruning o‘zi iste’foga chiqishi kerak deb hisoblamoqda. So‘rovda qatnashganlarning 50 foizi bu fikrga qo‘shilmaydi va davlat rahbari o‘z ixtiyori bilan lavozimini tark etmasligiga ishonadi.

Eslatib o‘tamiz, Jair Bolsonaru koronavirus pandemiyasi vaqtida reytingi eng tez tushib ketgan Prezident bo‘ldi. Bunga uning koronavirusga qarshi mamlakatda deyarli hech qanday choralar ko‘rmagani sabab bo‘ldi.

Prezident va mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri bilan ushbu kasallik sabab kelishmovchilik yuzaga keldi. So‘ng Bolsonaru vazirni iste’foga chiqardi. Bu holat Prezidentning reytingi yana ham pastlashiga sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Braziliyada

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing