Toshkent metrosida koronavirus yuqtirib olish xavfi qanchalik yuqori? (video+foto)
Jamiyat
−
19 avgust 2020
135325 oylik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15 avgust soat 6:00 dan e’tiboran, Toshkent metropolitenining “O‘zbekiston”, “Chilonzor” va “Yunusobod” liniyalari doimiy ish rejimida faoliyat yuritishni boshladi.
QALAMPIR.UZ muxbiri karantin sharoitida Metropoliten faoliyatini kuzatish maqsadida “Bodomzor”, “Shahriston”, “Amir Temur” bekatlarida bo‘ldi. Ko‘rib turganingizdek yo‘lovchilar oqimi ko‘p emas. Ammo karantin qoidalariga amal qilgan holda harakatlanayotganlar bor. Metroda ayrim qoidalarni buzayotganlar ham uchrab turibdi. Bunday vaziyatda Metropoliten xodimlari ularni ogohlantirib, qoidalarga amal qilishlari zarurligini eslatmoqda.
“Metropoliten ochilganiga bugun to‘rt kun bo‘ldi. Bu to‘rt kun ichida turli xil yo‘lovchilarni kuzatdik. Ichki ishlar xodimlari tomonidan tana harorati o‘lchangan vaqtda 37 darajadan yuqori bo‘lgani kuzatildi va yo‘lovchilarga bir oz dam olishlari tavsiya qilindi. Aksariyat xollarda bunday yo‘lovchilarni bir ikki daqiqa mobaynida harorati o‘z joyiga tushganidan so‘ng, metropoliten xududiga kiritildi.
Bundan tashqari, yo‘lovchilarning tibbiy niqobdan to‘g‘ri foydalanmaslik holatlari ham kuzatildi. Ya’ni tibbiy niqobni jag‘ning past qismiga tushirib olib yoki burin ochiq holda yurganlarga ham guvoh bo‘ldik. Bunday vaziyatda xodimlar tomonidan yo‘lovchilarga tanbex berilib, tushuntirish ishlari olib borildi”, dedi Toshkent metropoliteni Matbuot xizmati xodimi Rustambek Po‘latov.
Tabiiyki, metroda yo‘lovchilar ko‘pligini hisobga olgan holda, maxsus choralar ko‘rildi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida va ularning sog‘ligini inobatga olgan holda metroga kirish qismi dezinfeksiya tonneli bilan jihozlandi. Har bir yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi shart etib belgilandi va devorlarga shuni eslatib turuvchi yorliqlar yopishtirildi. Tonneldan o‘tishingiz bilan antiseptik vosita orqali qo‘llaringizni dezinfeksiya qilasiz. Metroga kirish uchun jeton sotib olgach, maxsus teplovizor sizning haroratingizni o‘lchaydi. Shuni alohida qayd etib o‘tish kerakki, siz ushbu qurilmani qarshisiga kelmasangiz ham u sizning haroratingizni masofadan o‘lchaydi.
Kassa, kutish hattoki vagonlar, metro yo‘laklari ham maxsus yorliqlar bilan to‘ldirilgan. Bu yo‘lovchilar orasidagi ijtimoiy masofani saqlash uchun ko‘makchi bo‘ladi.
Bundan tashqari har bir metro vagoni dezinfeksiya qilinadi. Bu to‘g‘rida Metropoliten vakili qo‘shimcha ma’lumot berdi.
“Dezinfeksiya masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, vagonlarimiz birinchi bekatdan chiqishlaridan oldin. Umumiy dezinfeksiyadan o‘tmoqda. Bundan tashqari tarkib so‘ngi manzilga yetib kelganidan so‘ng ham umumiy dezinfeksiya qilinmoqda. Umumiy 22-24 daqiqa ichida metropoliten tarkibi ikki marotaba dezinfeksiyadan o‘tadi”, deydi Rustambek Po‘latov.
Agar hali metroga tushib ulgurmagan bo‘lsangiz. Unda yerosti transportidan foydalanishga qo‘rqmang. Metroda harakatlanish uchun o‘rnatilgan talablarga rioya qilsangiz, kasallik yuqtirishdan xavotir olmasangiz ham bo‘ladi.
LiveBarchasi