Shavkat Mirziyoyev Termizdagi matolar muzey-fabrikasida bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi davom etmoqda. Prezident Termiz shahridagi “Surxon ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Bu yerda xomashyo yetishtirishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayon to‘liq texnologik zanjir asosida tashkil etilgan. Jumladan, ipak qurti boqish, mato va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, gilam to‘qish yo‘lga qo‘yilgan. Klaster usulida mahsulot yetishtirish uchun Surxondaryo viloyatidagi bir nechta tumanlar biriktirib berilgan. 

Korxona faoliyati ikki smenali bo‘lib, 300 dan ortiq doimiy, 250 dan ziyod mavsumiy ish o‘rinlari yaratilgan.

Bugungi kunda korxona mahsulotlari Osiyo va Yevropa davlatlariga sotilmoqda. 2017 yilda qariyb 2 million 140 ming dollar, 2018 yilda 2 million 873 ming dollardan ziyod miqdorda eksport qilingan.

Turistlarni jalb etish maqsadida “Muzey-fabrika” ham tashkil etilgan. Keluvchilar mahsulot ishlab chiqarish jarayonini to‘liq ko‘rishi mumkin. Shourum va ipak matolardan kiyim-kechak ishlab chiqarish bo‘linmasi ishlab turibdi. 

Davlat rahbari ushbu muzey va fabrikani ko‘zdan kechirdi.

Shu yerda Surxondaryo viloyatida turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanishga oid loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing