Karantinda erkaklar xotinidan jazmanlarini sir tutishga qiynalyapti – amerikalik yuristlar
Olam
−
14 aprel 2020
48515Koronavirus pandemiyasi butun dunyoda ajralishlar sonining ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda amerikalik yuristlar taxmin qilishmoqda.
Uydagi karantin paytida xiyonatni yashirish qiyinlashgani sababli, oilalar buziladi. Advokat Treysi Koetsning so‘zlariga ko‘ra, mijozlar unga yashirincha telefon orqali gaplashadigan yoki kimdir bilan shubhali xabarlar almashadigan turmush o‘rtoqlari haqida gapirib berishdi. Ushbu hodisaga duch kelgan ayollar esa karantindan so‘ng ajrashishni ko‘zlab turishibdi.
Advokat Xiter Xostetterning aytishicha, unga erini xiyonat qilganlikda gumon qilgan ayol murojaat qilgan. Ayolga ko‘ra, karantin paytida turmush o‘rtog‘i telefonini yashira boshlagan va uzoq vaqt velosiped bilan sayrga ketishni odat qilgan. Ayolning taxmin qilishicha, eri bu vaqtda sayrga emas aslida jazmanining yoniga boradi.
Advokat Sendi Eynning ta’kidlashicha, unga erkaklar ham murojaat qilgan. Ular xotinlarining tergovchiga o‘xshab qolganidan norozi.
"Erkaklar xotinlardan yanada norozi, chunki juftlari ularga xohlagan narsalarini qilishlariga halaqit berishmoqda", deydi Sendi.
Eslatib o‘tamiz, Uxandagi FHDYO bo‘limlariga rekord darajada turmush qurish uchun arizalar kelib tushgani haqida xabar bergan edik. Ushbu ko‘rsatgichning aksi esa Xitoyning Sian viloyatida qayd etilgan. Siandagi FHDYO bo‘limlari ajrashish uchun berilgan arizalar bilan to‘lgan.
LiveBarchasi