Uxanda karantin yakunlanganidan so‘ng shahar FHDYO'lari arizalar bilan to‘lib toshdi
Olam
−
08 aprel 2020
10459Karantin bekor qilingandan keyin Xitoyning Uxan shahrida yashovchilar misli ko‘rilmagan darajada ko‘p nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berishdi. Bu haqda, 8 aprel kuni Xitoyning "Global Times" nashri xabar berdi.
Uxanda nikoh arizalari elektron tarzda topshiriladi. FHDYO xodimlarining aytishicha, ariza ko‘pligdan maxsus dastur ishlamay qolgan.
"Oila qurishni istagidagi arizalar shu qadar ko‘p bo‘ldiki, ularni qabul qilish dasturi ishlamay qoldi. Arizalar soni odatdagidan uch baravarga oshib ketdi" deydi FHDYO xodimi.
Ta’kidlanishicha, yuqoridagi holatning aksi Sian viloyatida qayd etilgan. Sian aholisi ajrashish bo‘yicha rekord darajada ariza topshirgan. Ma’lum bo‘lishicha, ularning aksariyatiga karantin davrida kelib chiqqan oilaviy janjallar sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Uxan shahri 2020 yil 23 yanvardan boshlab karantin choralari bilan tashqi dunyodan ajratilgandi. Bugun, 8 aprel kuni Xitoyning Xubey provinsiyasining hokimiyati nihoyat Uxan shahridagi ushbu cheklovlarni olib tashladi.
LiveBarchasi