Toshkent viloyati hokimiga yangi “zam”lar tayinlandi
Jamiyat
−
20 fevral 2020
11388Toshkent viloyati hokimiga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bahodirbek Mullaxonovich Mullaxanov Toshkent viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bahodirbek Mullaxonov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi sifatida ishlab kelayotgandi.
Mullaxonov bu lavozimda 2017 yildan buyon ishlab kelgan Odilxon Rustamov o‘rnini egalladi. Rustamov avvalroq Toshkent tumani hokimi lavozimiga o‘tkazilgandi.
Shuhrat Jo‘raboyevich Hakimov esa Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shuhrat Hakimov mazkur lavozimga o‘tgunga qadar Vazirlar Mahkamasida departament mudiri vazifasida ishlagan.
Shuningdek, polkovnik Ilhomboy Xudoybergenov viloyat hokimining o‘rinbosari - Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Avvalroq, Toshkent viloyatining Bo‘ka, Bekobod, Toshkent va Yangiyo‘l tumanlariga yangi hokimlar tayinlangani xabar qilingandi.
LiveBarchasi