Jizzaxda bir haftada uchinchi bola sel qurboni bo‘ldi
Jamiyat
−
05 may 2020
11960Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani, Jiydali qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 10 yoshli qiz M.B.ni soydan sel kelib oqizib ketdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Ma’lum qildi.
Qiz dala maydonidan mollarini uyiga haydab kelish uchun soydan o‘tayotgan bo‘lgan va soydan oqib kelgan sel uni oqizib ketgan. M.B.ning soydan 500 metr uzoqlikda jasadi topildi.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, 1 may kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida voyaga yetmagan opa-ukani sel oqizib ketgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi