Norboyeva Nazarboyeva bilan uchrashdi, yangi hujjatni imzoladi

Jamiyat

image
Birinchi Prezidentning nabirasi Londonda politsiyaga tajovuz qildi. Unga hukm chiqarildi north_east

Birinchi Prezidentning nabirasi Londonda politsiyaga tajovuz qildi. Unga hukm chiqarildi

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Respublikasiga tashrif buyurgani, Senat raisi – Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyeva bilan uchrashuv o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 5 noyabr kuni Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narboyeva va Qozog‘iston Respublikasi Senati raisi Darig‘a Nazarboyevaning o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Uchrashuvda tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga alohida ahamiyat berishlarini ta’kidladilar. 

Darig‘a Nazarboyeva o‘z nutqida O‘zbekiston Qozog‘istonning Markaziy Osiyodagi muhim strategik sherigi ekanligini ta’kidlagan. 

“Bugungi kunda Qozog‘iston-O‘zbekiston munosabatlari barcha jabhalarda yuqori rivojlanish dinamikasini namoyish etmoqda. Bunda Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asosiy xizmatlari bor ”, deydi Darig‘a Nazarboyeva. 

Senat rahbari Qosim-Jomart To‘qayevning davlat rahbari sifatida ikkinchi marta mamlakatga tashrifi amalga oshirilganini ta’kidladi va bu o‘zaro munosabatlarni o‘zaro tushunish va yaxshi qo‘shnichilik ruhida yanada mustahkamlash tarafdori ekanligini yana bir bor tasdiqlashini bildirdi. 

Nazarboyeva O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy savdo sherigi deb atadi. 2018 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo hajmi 25 foizdan ko‘proq o‘sgani va 2,5 milliard dollarga yetgani aytildi.  

"Umumiy maqsadga erishish, o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish uchun ushbu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirish kerak", deydi Nazarboyeva.  

Darig‘a Nazarboyevaning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida sarmoyaviy, energetika, turizm, mintaqaviy va transchegaraviy hamkorlik, tranzit va transport sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun jiddiy istiqbollar mavjud. 

O‘z navbatida, Tanzila Norboyeva Qozog‘iston O‘zbekistonning ishonchli sherigi ekanligini ta’kidlagan.  

“Bizning xalqlarimiz umumiy tarixiy va madaniy ildizlarga ega. Rivojlanishning ko‘plab sohalarida o‘xshashliklar mavjud. O‘zbekiston Qozog‘iston bilan do‘stona munosabatlarga katta ahamiyat beradi”,  deydi Tanzila Norboyeva. 

Tomonlar hozirgi paytda tizimli xarakterga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi parlamentlararo muloqot faollashganini qayd etdilar. 

Muhokamada islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasida almashinuv dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, ikki tomonlama shartnoma va bitimlarni qabul qilish va ratifikatsiya qilishni tezlashtirish masalalari muhokama qilindi. 

Uchrashuv yakunida Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati o‘rtasida 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma Yo‘l xaritasi imzolandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Darig'a Nazarboeva

Baholaganlar

14

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing