Foto: Oybek Tursunov va Shayx Muhammad sport zalida

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘g‘li, kuyovlari Oybek Tursunov va Otabek Umarov va nabirasi Miromon o‘tgan hafta 7 iyun kuni Dubay hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Al Maktumning o‘g‘illari to‘yida ishtirok etgan. Prezidentning o‘g‘li, kuyovlari va nabirasining Shayx Muhammad bin Roshid Al Maktum va uning o‘g‘li Shayx Hamdan bin Muhammad Rashid Al Maktum bilan tushgan surati ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan edi. 

Kecha, 9 iyun kuni Otabek Umarov Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga Dubay hokimi Al Maktumning o‘g‘li Shayx Muhammad bin Roshid Al Maktumning Mirziyoyevning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunov bilan sport zalida mashg‘ulot o‘tkazayotgani tasvirlangan suratlarni joylashtirdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Oybek Tursunov Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyevaning turmush o‘rtog‘i. 


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Umarov Oybek Tursunov Shayx Muhammad bin Roshid Al Maktum Shayx Hamdan bin Muhammad Rashid Al Maktum

Baholaganlar

322

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing