“Formula-1” yulduzi O‘zbekistonga keldi

Sport

image

“Formula-1” yulduzi Sharl Lekler O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.

“Bu tashrif bejizga emas, chunki joriy yil 14 iyunda Xalqaro avtomobil federatsiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishi ham O‘zbekistonda o‘tadi”, deyiladi manba xabarida.

Qayd etilishicha, hozirda tadbir uchun tayyorgarlik ishlari jadallik bilan ketmoqda.

“Uchrashuvni tashkil etgani uchun O‘zbekiston avtosport va karting federatsiyasiga minnatdorchiligimni bildiraman”, deyiladi Otabek Umarov sahifasida.

Ma’lumot uchun, monakolik 26 yoshli Sharl Lekler “Ferrari” jamoasi a’zosi hisoblanadi. U oxirgi marta Abu-Dabi 2023 gran-prisida ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Umarov Sharl' Lekler

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing