Foto: O‘zbekistonda uzoq kutilgan OTMga kirish imtihonlari boshlandi
Jamiyat
−
02 Sentabr 2020 15393 1 daqiqa
Bugun, 2 sentyabrdan boshlab O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Imtihonlar ilk bor ochiq osmon ostida o‘tkazilyapti.
Imtihonlar 2 smenada o‘tkazilyapti. 1-smena soat 08:00 dan 11:00 gacha, 2-smena esa soat 17:00 dan 20:00 gacha davom etadi.

Ertalabki smenada soat 6:30 dan, ikkinchi smenada esa soat 15:30 dan sektorlarga kiritish boshlanadi.

Abituriyentlar imtihon vaqtidan kamida yarim soat oldin o‘z o‘rnini egallagan bo‘lishi kerak. Kechikkanlar imtihonga kiritilmaydi.

Kirish imtihonlariga 2 ta hujjat: pasport va abituriyent ruxsatnomasi bilan borish talab etiladi. Pasport bo‘lmagan holatda ruxsatnoma haqiqiy hisoblanmaydi.

Bu yil karantin sabab imtihonlar vaqtida ota-onalar uchun kutish joylari tashkil qilinmagan.





Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr