Dehli-Moskva yo‘nalishida uchgan samolyot nega Toshkentga qo‘ndi?

Jamiyat

1555638968_0_297_3111_2047_1036x0_80_0_0_6afc23600dff6cf78cb43b313c96e158

Bugun, 16 oktyabr kuni “Aeroflot” aviakompaniyasining Moskvaga uchayotgan A-330 samolyoti Toshkentda faqulodda qo‘nish amalga oshirdi. Bunga yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilgani sabab bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Dehli-Moskva reysi bilan uchgan “Aeroflot” samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 7:19 da (Moskva vaqti bilan 5:19) yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilgani uchun Toshkentda majburiy qo‘nish amalga oshirdi”, deyiladi xabarda.

Toshkentdagi aeroportda samolyotni tibbiyot xodimlari kutib olgan, ayni paytda yo‘lovchini shifoxonaga yotqizish masalasi ko‘rilyapti.

Qayd etilishicha, samolyot tayyorgarlikka qarab Moskvaga uchib ketadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Aeroflot samolyot

Baholaganlar

143

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing