OAV: Ispaniya uchun bu hali hammasi emas...

Olam

image

Koronavirus sabab Ispaniyada juda qiyin vaziyat yuzaga keldi. Mamlakatda har kuni infeksiya sabab ko‘plab fuqarolarning yostig‘i qurimoqda. Davlat gumanitar yordam olish darajasiga bordi. Bular kamdek Ispaniyaning sayyohlik sohasi 30 milliar yevrodan ziyod zarar ko‘rdi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri yozmoqda.

“Turistlar o‘tkazib yuborgan Pasxa ta’tillari tufayli Ispaniya 30 milliard yevrodan ziyod zarar ko‘radi. Agar koronavirus pandemiyasini yozda yengish mumkin bo‘lmasa, yo‘qotishlar ikki baravar ko‘payadi”, deb yozadi nashr.

Ta’kidlanganishicha, “koronavirus” inqirozi turizm va xizmatlar aylanmasiga juda bog‘liq bo‘lgan Ispaniya iqtisodiyotiga jiddiy zarba bo‘ldi. Hozir ikkala sektor ham falaj. Mamlakatda turizmdan keladigan daromad yalpi ichki mahsulotga nisbatan 14 foizni tashkil etadi. Bu sohada aholining 12 foizi (taxminan 5 million kishi) mehnat qiladi.

“Rasmiylar inqirozdan keyin tiklanishning uzoq muddatidan qo‘rqmoqda. Ular Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Skandinaviya mamlakatlaridan kelgan sayyohlar Ispaniyadan qochib ketishidan cho‘chimoqda”, deb yozadi “Deutsche Welle”.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada koronavirusga 157 022 nafar odam chalindi. 55 668 bemor shifo topgan bo‘lsa, 15 843 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya

Baholaganlar

311

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing