“Yangi-Angren” IES favqulodda o‘chirildi

Jamiyat

image

Bugun, 9 mart kuni soat 21:00 da “Yangi-Angren” issiqlik elektr stansiyasida energobloklarga ko‘mir yetkazib berish tizimidagi nosozlik tufayli dastlab ishlab chiqarish quvvati 100 mVtga pasayishi kuzatildi. So‘ngra soat 21:17 da 200 mVt quvvat bilan ishlayotgan 4-energoblokka yoqilg‘i berish to‘xtab qolganligi tufayli avariya holatini oldini olish maqsadida energoblok stansiya xodimlari tomonidan favqulodda o‘chirildi. Stansiyaning umumiy quvvati 800 mVtdan 420 mVtgacha pasayib ketdi.

Sodir bo‘lgan nosozlik tufayli energetika tizimida avariyaga qarshi avtomatika ishlashi natijasida iste’molchilar elektr ta’minotida uzilishlar yuz berdi va ayna paytda elektr ta’minotidagi muvozanat xavfsizligini ta’minlash uchun cheklovlar kiritilishiga majbur bo‘linmoqda, deb xabar berdi "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ.

Milliy dispetcherlik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, bunday holat ushbu stansiyada birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. Mart oyining 9 kuni davomida, operativ ma’lumotlarga ko‘ra, energobloklarda 5 marta o‘chish holatlari sodir bo‘lgan.

Yuzaga kelgan nosozliklar va uning bartaraf etilishi yuzasidan batafsil ma’lumotlar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

nosozlik IES

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing